Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

UZTELECOM ham bir qator ta’lim va OAV saytlaridan bepul foydalanishni yo‘lga qo‘ydi

UZTELECOM ham bir qator ta’lim va OAV saytlaridan bepul foydalanishni yo‘lga qo‘ydi

Foto: UZTELECOM

Koronavirus tarqalishiga qarshi kurash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar doirasida «O‘zbektelekom» AK o‘zining simli interneti va mobil aloqasi («O‘zMobayl» filiali) abonentlari uchun karantin davrida qator ommaviy axborot vositalari saytlari hamda ta’lim manbalaridan bepul foydalanishni yo‘lga qo‘ydi.

Shuningdek, mobil aloqa abonentlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining yagona «1003» qisqa raqamli ishonch telefoniga bepul qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish hamda «ZiyoNET» tarmog‘idan bepul foydalanish imkoniyatini taqdim etadi*.

To‘liq va ishonchli ma’lumot hamda masofaviy ta’lim olish uchun 2020-yil 20-martdan 1-maygacha UZTELECOM abonentlari cheklovsiz va internet trafik sarf etmagan holda quyidagi manbalardan foydalanishlari mumkin:

Onlayn OAV:

Ta’lim bo‘yicha veb-manbalar:

Koronavirus tarqalishining interaktiv xaritasi:

«1003» qisqa raqami orqali kechayu kunduz faoliyat yuritadigan ishonch telefoniga qo‘ng‘iroqlar ham mobil aloqa abonentlari uchun doimiy tarzda bepul bo‘ladi.

Axborot markaziga koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq savollar, kishining va uning yaqinlari salomatligi holati bo‘yicha murojaat qilish mumkin.

Bundan tashqari, «1003» raqami orqali mutaxassislardan «tibbiyot nuqtai nazaridan asosli javoblar va tavsiyalar» olish mumkin.

«ZiyoNET» tarmog‘i —o‘sib kelayotgan avlodga ta’limga oid manbaalardan foydalanishni tashkillashtirish imkoni beradi. «ZiyoNET» axborot resurslari yagona reyestri bilan mazkur havola orqali tanishish mumkin.

* Eslatma! Bepul foydalanish quyidagi shartlarda taqdim etiladi:

  • abonent holati faol bo‘lishi kerak;
  • bepul kirish ta’minlangan manbalarning IP-manzillari o‘zgartirilganda, shuningdek ko‘rsatilgan saytlar va ilovalarga kirmaydigan trafik uchun (uchinchi tomon xizmatlari va ilovalarni ishlatishda paydo bo‘ladigan smartfon operatsion tizimidagi trafik) o‘zgartirilganda, abonent tarif rejasiga binoan yoki asosiy balansdan ushbu manbalarga kirish uchun to‘lov olinadi. Proksi-server (shu jumladan VPN) orqali ishlaydigan saytlar va dasturlarga kirishda bepul kirish ta’minlanmaydi.
  • «ZiyoNET» xizmatdan bepul foiydalanish faqatgina GSM standartidagi mobil aloqa abonentlariga taqdim etiladi.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring