Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

JSST yana bir ayanchli rekordni belgilab qo‘ydi

JSST yana bir ayanchli rekordni belgilab qo‘ydi

Foto: «U-f.ru»

O‘tgan bir kecha-kunduzda dunyo bo‘yicha 230 mingdan ortiq koronavirusni yuqtirish holati qayd etildi. Bu — antirekord ko‘rsatkich. Umumiy COVID-19 ga chalinganlar soni 12,5 million kishidan oshib ketdi, deya ma’lum qildi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST).

Tashkilotning oxirgi ma’lumotlariga ko‘ra, bir kunda jami 230 370 ta yangi koronavirus infeksiyasiga chalinish holati qayd etilgan, 5285 nafar COVID-19 bemori vafot etgan. Shu tariqa, dunyo bo‘yicha umumiy kasallanganlar soni 12 552 765 kishini tashkil etmoqda, vafot etganlar soni — 561 617 ta.

Bundan oldingi antirekord 10-iyul kuni o‘rnatilgandi — o‘shanda, tashkilot hisobotiga ko‘ra, bir kecha-kunduzda qariyb 228 ming kishi koronavirusga chalingandi.

Eng ko‘p kasallanishlar Shimoliy va Janubiy Amerika (6 540 222) hamda Yevropada (2 907 654) qayd etilmoqda.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 11-mart kuni yangi COVID-19 koronavirus infeksiyasi tarqalishini pandemiya deya e’lon qilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring