Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xorijda koronavirusning davosi topilgani rostmi?

Xorijda koronavirusning davosi topilgani rostmi?

Foto: hlavnespravy.sk

Bugun AOKA shtabida Bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov ishtirokida brifing o‘tkazildi.

Brifingda muhim savol va murojaatlar yuzasidan javob qaytarildi.

– Xorijda koronavirusning davosi topilgani haqidagi gaplar rostmi?

– Vaksina yaratiladi, albatta.  Ammo bu uzoq jarayon. Agar hozir butun dunyo imkoniyatlarni boshqa vaksinalarni yaratishdan koronavirus uchun vaksinani yaratishga o‘tkazsa ham kerakli miqdordagi dozani ishlab chiqarishga 1,5-2 yil kerak.

– Koronavirus infeksiyasi bo‘yicha dunyodagi epidemik vaziyat haqidagi kundalik ma’lumotlar haqqoniymi?

– Haqqoniy. Kundalik ma’lumotlar Amerikaning Jon Xopkins universitetidan olinadi. Ushbu universitet ma’lumotlari aniq tadqiqotlarga asoslangan.

– Koronavirus kasalligidan sog‘aygandan keyin virus tashuvchi bo‘lib qolishi mumkinmi?

– Mumkin. Ammo bu qancha vaqt davom etishi hozircha noma’lum.

Viruslarga qarshi organizmda antitelalar ishlab chiqariladi. Agar antitelalar vaqt o‘tishi bilan o‘zgarmaydigan va organizmda uzoq vaqt saqlanib turadigan antitelalar ustida ishlab chiqarilsa, unda immunitet umrbod saqlanishi mumkin. Sog‘aygan odamlarda mavjud virusning qoldiqlari, ba’zan musbat natija berishi mumkin.

– Koronavirus kasalligini chetda yuqtirib kelgan odamlarga qandaydir chora ko‘riladimi?

– Yo‘q. Kasallikni hech kim ataylab, qasddan yuqtirib kelmaydi. Shuning uchun qonunda ularga nisbatan chora ko‘rish belgilanmagan.

– Kelgusida ham koronavirus singari boshqa kasalliklar bo‘yicha epidemiya yoki pandemiyalar bo‘lishi mumkinmi?

Kelgusida boshqa kasalliklar sababli epidemiya yoki pandemiyalar bo‘lish yoki bo‘lmasligiga hech kim kafolat bera olmaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring