Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yangi Zelandiyada koronavirusni yuqtirgan barcha bemorlar shifoxonalardan chiqarildi

Yangi Zelandiyada koronavirusni yuqtirgan barcha bemorlar shifoxonalardan chiqarildi

Foto: «Fotolia»

Yangi Zelandiyada koronavirus bilan tushgan barcha bemorlar shifoxonalardan chiqarildi, deya ma’lum qildi sog‘liqni saqlash xizmati bosh direktori Eshli Blumfild. Bu haqda «RIA Novosti» xabar berdi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Yangi Zelandiyada beshinchi kun ketma-ket COVID-19 ni yuqtirish bilan bog‘liq yangi holatlar qayd etilmadi. Mamlakat bo‘ylab jami 1504 kishi koronavirusga chalingan bo‘lsa, 21 nafari yangi virus tufayli hayotdan ko‘z yumdi.

«Ayni vaqtda oxirgi bemor «Middlemore» shifoxonasidan chiqarilgandan so‘ng shifoxonalarda COVID-19 tashxisi qo‘yilgan birorta ham bemor qolmadi», — deya Blumfild bugun, ya’ni 27-may kuni matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, Yangi Zelandiyada kasallanganlardan yana 21 nafari qolmoqda. Shu vaqtga qadar 1462 kishi tuzalgan.

Avvalroq Yangi Zelandiya koronavirus tufayli joriy etilgan favqulodda holatlar tartibini bekor qildi va karantin cheklovlarining ikkinchi darajasiga chiqqandi. Chakana savdo do‘konlari, savdo markazlari, restoranlar, kinoteatrlar va boshqa jamoat joylari ochildi. Sal keyinroq barlar, universitet va maktablar faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring