Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yurtimizda koronavirusdan tuzalayotganlar kundan-kunga ko‘paymoqda

Yurtimizda koronavirusdan tuzalayotganlar kundan-kunga ko‘paymoqda

SSV xabariga ko‘ra, bugun ayni paytga qadar yurtimizda koronavirus infeksiyasiga chalingan 517 nafar bemor sog‘aydi.

Jumladan, Toshkent viloyatida 235 nafar, Samarqand viloyatida 104 nafar, Toshkent shahrida 102 nafar, Navoiy viloyatida 16 nafar, Surxondaryo viloyatida 15 nafar, Andijon viloyatida 12 nafar, Sirdaryo viloyatida ham 12 nafar, Jizzax viloyatida 11 nafar, Xorazm viloyatida 7 nafar hamda Farg‘ona viloyatida 3 nafar bemor kasallikdan forig‘ bo‘ldi.

Shunday qilib, ayni paytga qadar yurtimizda 22 559 (+517) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar tuzaldi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 72 foizni tashkil qilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring