Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Zoyir Mirzayev: «Bu bozor virus uchun tayyor o‘choqku»

Zoyir Mirzayev: «Bu bozor virus uchun tayyor o‘choqku»

Foto: Viloyat hokimligi axborot xizmati

Qashqadaryo viloyatida karantinga yopilgan bozorlar soni yettitaga yetdi.

Viloyat hokimi Zoyir Mirzayev «Bir hududda bir kun» loyihasi doirasida G‘uzorga tashrifi davomida tumandagi «Karvon» bozorining karantin qoidalariga amal qilmay ishlayotganiga guvoh bo‘lgan.

Foto: Viloyat hokimligi axborot xizmati

— Bu bozor virus uchun tayyor o‘choqku, — degan viloyat rahbari. — Bozorning 9 ta kirish joyi bor, qani sanitariya, profilaktik tadbirlar yo‘q. Bozor tezkor dezinfeksiya ishlarini amalga oshirish uchun karantinga yopiladi. Ushbu masalada Prezident Shavkat Mirziyoyev ham alohida to‘xtalib, «Temir intizom va yuksak mas’uliyat bilan kechayu kunduz ish davom etishi kerak», deya ta’kidlagan edi.

Shunday qilib, «Karvon» bozori viloyatda karantinga yopilgan yettinchi bozor bo‘ldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring