Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Gazlangan shirin ichimliklarni ko‘p iste’mol qilish saratonni keltirib chiqarishi mumkin

Gazlangan shirin ichimliklarni ko‘p iste’mol qilish saratonni keltirib chiqarishi mumkin

Gazlangan shirin ichimliklarni ko‘p iste’mol qilish saraton kasalligini yuzaga keltirishi mumkin. Olimlar 107 ming kishining sog‘lig‘i haqidagi ma’lumotlardan kelib chiqib o‘tkazilgan tadqiqot natijasida shunday xulosaga kelishgan.

Ta’kidlanishicha, eng ko‘p zararni paketli sharbat va limonadlar keltirib chiqaradi. Ichimliklardagi shakar miqdorining yuqoriligi, xususan, ko‘krak saratoni kasalligini ham keltirib chiqarishi mumkin.

Shuningdek, ular semirish, qandli diabet va yurak qon-tomir kasalliklariga olib kelishi ham e’tiborga molik.

Mutaxassislarning fikricha, eng katta xavf bu gazli ichimliklarga qo‘shiladigan sun’iy shirinlashtiruvchi vositalardir. Ular oshqozondagi tabiiy jarayonlarni o‘zgartirib glyukozani ko‘tara olmaslik (hazm qila olmaslik)ni keltirib chiqaradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring