Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zbekkonsert»dan sado: 2018-yilda kliplar faoliyatini tashkil etish bo‘yicha badiiy kengash tuziladi

«O‘zbekkonsert»dan sado: 2018-yilda kliplar faoliyatini tashkil etish bo‘yicha badiiy kengash tuziladi

Foto: «O‘zbekkonsert» DM

«O‘zbekkonsert» davlat muassasida taniqli estrada xonandalari va yosh ijrochilarning navbatdagi ijodiy davra suhbati o‘tkazildi. Bu haqda muassasa matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, davra suhbatida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev ishtirok etgan.

Shuningdek, «O‘zbekkonsert» davlat muassasasiga yaqinda rahbar etib tayinlangan Odiljon Abduqahhorov muassasa huzurida 2018-yildan boshlab kliplar faoliyatini tashkil etish bo‘yicha badiiy kengashning tuzilishi va bu kengashning maqsad, vazifalari xususida to‘xtalib o‘tdi.

— Har bir xonanda qo‘shiqqa klip ishlashdan avval tuzilgan badiiy kengash a’zolari chig‘irig‘idan o‘tkaziladi. Klip mazmun mohiyati ma’qul kelsagina, uni ishlashga ruxsat beriladi. Yana qo‘shimcha tarzida shuni ta’kidlamoqchimanki, xonandalarning xorijga chiqish masalasi, kliplar xususidagi qo‘yilayotgan bu vazifalarning barchasi san’atimiz nufuzini ko‘tarish, xonandalarimizning sha’niga dog‘ tushirmaslik maqsadida qilinayotgan xayrli ishlardir, — dedi O.Abduqahhorov.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring