Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2022-yilning eng yaxshi xorijiy filmlari aniqlandi

2022-yilning eng yaxshi xorijiy filmlari aniqlandi

Foto: Harper's BAZAAR

Tom Kruz bosh rolni o‘ynagan «Top Gan: Meverik» hamda «Quyoshim mening» va «Tar» yakuniga yetib borayotgan yilning eng yaxshi xorijiy filmlari ro‘yxatidan joy oldi. Bu haqda Cinema kanali matbuot xizmati xabar berdi.

Birinchi o‘rin — «Top Gan: Meverik». Rejissyor Jozef Kosinski tomonidan suratga olingan. «Mohir mergan» (1986) filmining davomi. Unda oradan 36 yil o‘tib yuz bergan voqealar hikoya qilinadi. Tom Kruz uchuvchi Pit «Meverik» Mitchell rolida yana bir bor o‘zini sinab ko‘rib adashmadi.

Jahon prokatida ushbu film qariyb 1,5 mlrd dollar pul keltirdi. Film premerasi 75-Kann kinofestivalida bo‘lgan, Tom Kruz faxriy «Palma novdasi» bilan mukofotlangandi.

Ikkinchi o‘rin — «Quyoshim mening» dramasi. Sharlotta Uellsning to‘liq metrajli debyuti hisoblanmish ushbu film bosh qahramonning bolalik xotiralari — ta’tilni Turkiyada otasi bilan qanday o‘tkazgani haqida.

Uchinchi o‘rin — «Tar» musiqali dramasi. Bu kinoasar «Eng yaxshi film (drama)» nominatsiyasida «Oltin globus»ga taqdim etilgan. Shuningdek, bosh rol ijrochisi Keyt Blanshett boshqa da’vogarlar bilan «Eng yaxshi drama aktrisasi» yo‘nalishida g‘oliblik uchun kurashadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring