Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Amerikalik kinotanqidchilar 2019-yilning eng yaxshi filmini aniqlashdi

Amerikalik kinotanqidchilar 2019-yilning eng yaxshi filmini aniqlashdi

Martin Skorseze.

Foto: «Kp.ru»

Amerika kinotanqidchilar milliy kengashi (NBR) rejissyor Martina Skorsezyening uch soatlik dramasi — «Irlandiyalik»ni 2019-yilning eng yaxshi filmi deya e’tirof etishdi.

«NBR Icon Awards» mukofotlarini Skorseze bilan birga, filmda bosh rollarni o‘ynagan Al Pachino va Robert de Niro qabul qilib olishdi. Ilgari «Shindlerning ro‘yxati», «Gannibal» filmlari bilan nom qozongan Stiven Zaillyan ham ushbu kinoasar uchun eng yaxshi ssenariynavis sifatida taqdirlandi.

Yilning eng yaxshi rejissyori — Kventin Tarantino («Bir kuni Gollivudda» filmi uchun), shu filmda suratga tushgan Bred Pitt eng yaxshi ikkinchi plandagi aktyor bo‘ldi.

2019-yilning eng yaxshi aktyori — Adam Sendler («Ishlanmagan qimmatbaho toshlar» filmi), eng yaxshi aktrisa — Rene Zellveger (eski Gollivud yulduzi haqidagi «Judi» biografik dramasi).

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring