Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Berlin karnavali ikkinchi marta bekor qilindi

Berlin karnavali ikkinchi marta bekor qilindi

Foto: «AP Photo / Markus Schreiber»

Odatda yuz minglab odamlarni jalb qiladigan Berlin madaniyatlar karnavali koronavirus pandemiyasi sababli bekor qilindi, deya xabar berdi mahalliy hokimiyat.

«Fridrixsxayn-Kroysberg tuman ma’muriyati bir ovozdan 2021-yil bahor va yoz oylarida koronavirus pandemiyasi sababli tuman ko‘chalari va bog‘laridagi jamoat joylarida biror-bir katta tadbir yoki bayramlar o‘tkazilmasligi to‘g‘risida qaror qabul qildi», — deyiladi shahar portalidagi press-relizda.

Bundan tashqari, koronavirus tufayli bu yil MyFest festivali hamda LGBT-jamoat festivali bekor qilindi.

Berlindagi madaniyatlar karnavali 1996-yildan beri o‘tkazib kelinmoqda. O‘tgan yili ham epidemiya tufayli bekor qilingandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring