Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Denovda 2 ming yillik xum topildi

Denovda 2 ming yillik xum topildi

Foto: O‘zA

Denov tumanining «Qorabog‘» mahallasida yashovchi Bahrom Abdimo‘minov ariq qazish payti katta sopol xum topib oldi. U topilma haqida Surxondaryo viloyati madaniy meros boshqarmasiga xabar bergan.

Xumning tarixiy ahamiyatini o‘rganish va restavratsiya qilish maqsadida Termiz arxeologiya muzeyi hamda Termiz davlat universiteti tarixchi olimlari tomonidan butunligicha qazib olinib, muzeyga olib kelingan.

Dastlabki o‘rganishlarga ko‘ra, xum milodiy I-II asrlarga tegishli ekani taxmin qilinmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring