Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Abror Zohidov

Kelajakka umid qilish yaxshi, ammo ayni dam ham go‘zal ekanligiga shukr qilish undanda yaxshi.

El bilgan til bilmaydimi?!

El bilgan til bilmaydimi?!

«Til bor ekan millat barhayot»-deya baralla aytib yuramiz.

Foto: O‘zbekiston milliy kutubxonasi

Markaziy telekanalda yaxshi ko‘rsatuv yo‘lga qo‘yilgan. Nomini bilasiz. Unda ma’lum bir sohaga umrini bag‘ishlagan insonlar haqida so‘z boradi. Noshir, shifokor, ustoz... Ularning oila a’zolari tanishtiriladi, shogirdlari dastur qahramoni bo‘lgan ustozlari haqida faxr bilan gapiradilar. Bir so‘z bilan aytganda ibrat olgulik insonning hayot yo‘li ochib beriladigan ibratli ko‘rsatuv.

Yaqinda namoyish etilgan sonida bir opaxon haqida batafsil hikoya qilindi. Opaning ko‘plab shogirdlari jurnalistlar, tilshunoslar ekan. Ular tillaridan bol tomib maqtadilar, hayotda o‘z o‘rinlarini topishlarida ustozlarining o‘rnini alohida ta’rifladilar.

Opaning o‘zi ham umrini tilshunoslikka bag‘ishlagan yetuk olim bo‘lib,  sohaga ixtisoslashgan nufuzli universitetida deyarli qirq yildan buyon ishlarkanlar.

Ism-shariflari ham to‘la-to‘kis o‘zbekcha. Ko‘rsatuvning «qaymog‘i» sifatida opaning intervyusiga navbat keldi va... qahramon boshdan-oxir ruscha gapirdilar. Suhbat asnosida birorta o‘zbekcha so‘z adashib kirib ketib qolmadi.

Kusto hayratda! Meniku qo‘yavering...

  

Izohlar 3

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring