Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Fransiyalik mashhur aktyor vafot etdi

Fransiyalik mashhur aktyor vafot etdi

Foto: «Keywordbasket.com»

Fransuz aktyori, rejissyor va ssenariynavis Jan-Per Bakri 69 yoshida saraton kasalligidan hayotdan ko‘z yumdi, deb xabar berdi BFMTV.

U 1951-yil may oyida Jazoirda dunyoga kelgan. Keyinchalik uning oilasi Fransiyaga ko‘chib o‘tgan.

Bir necha o‘n yillar davomida Bakrining nomini fransuz aktrisasi Anes Jaui bilan bog‘lashgan. U bilan birga ijodiy tandem yaratgan. Ular turmush qurishgan.

Jaui bilan birgalikda ko‘plab ssenariylar yozishgan va bir qator filmlarni, jumladan, «Oshxona va qaramlik» (Cuisine et Dépendance, 1992-yil), «Jamoat joyi» (Place publique, 2018-yil) filmlarini suratga olishgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring