«Joker» Xoakin Feniks «yil kishisi» bo‘ldi
Amerika hayvonlarni himoya qilish tashkiloti — PETA (People for the Ethical Treatment of Animals) Gollivud aktyori Xoakin Fenikni «Yil kishisi» deya e’tirof etdi.
«The Hollywood Reporter» yozishicha, «Joker» kinofilmi bosh qahramonini gavdalantirgan Feniks hayvonlarni muhofaza qilish bo‘yicha targ‘ibot ishlari uchun ushbu mukofotga loyiq topildi. Bo‘lajak aktyor uch yoshidayoq go‘sht yeyishni bas qilgan. Qolaversa, mo‘ynasi uchun hayvonlarni ovlashni borib turgan vahshiylik hisoblaydi.
«Gladiator»ga taklif etilganida Feniks (Rim imperatori Kommod obrazini yaratgan) faqat sun’iy teridan tikilgan kiyimda suratga tushishga rozi bo‘lishini bildirgandi.
Bir necha yil ilgari hayvonlar tahqirlanishiga bag‘ishlangan «Yerliklar» hujjatli filmida suratga tushgan aktyor San-Diyegodagi kinofestivalda «Humanitarian Award» mukofotiga loyiq topilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter