Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Jorj Lukas — mashhurlar ichida eng boy inson

Jorj Lukas — mashhurlar ichida eng boy inson

Foto: «Korrespondent.net»

«Forbes» jurnali amerikalik mashhurlar orasidan eng boylarini aniqladi. 2018-yil uchun tuzilgan reytingga AQShda yashovchi 10 nafar mashhur inson kiritilgan bo‘lib, ularning umumiy boyligi — 18,7 mlrd. dollar.

Reytingni afsonaviy «Yulduzlar jangi» kinofilmi rejissyori 74 yoshli Jorj Lukas boshqarmoqda — uning boyligi 5,4 milliard dollar.

Ikkinchi o‘rinda rejissyor Stiven Spilberg (3,7 mlrd. dollar), uchinchi o‘rinda Opra Uinfri (2,8 mlrd. dollar).

Eng boy mashhurlar reytingiga, shuningdek, Maykl Jordan (basketbol), Kayli Jenner modalar sohasi), Jay-Z va Diddy (rep), Devid Kopperfild (shou-biznes), Tayger Vuds (golf) va  Jeyms Patterson detektiv asarlar) kiritildi.

Reytinga faqat AQSh fuqarolari kiritildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring