Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Leonardo da Vinchining o‘g‘irlab ketilgan asari shaxsiy xonadonda topildi

Leonardo da Vinchining o‘g‘irlab ketilgan asari shaxsiy xonadonda topildi

Leonardo da Vinchi.

Foto: «The Conversation»

Italiyada ikki yil avval o‘g‘irlab ketilgan, mashhur rassom Leonardo da Vinchi mo‘yqalamiga mansub «Dunyoning xaloskori» asari topildi.

Asar muallifi kimligi bahsli, shogirdlari chizgan ham deyishadi. Rasm yaratilgan davr — XV-asr.

Foto: EPA

«Xaloskor» Neapoldagi bazilikalardan birining yerto‘lasidan 2019-yili o‘g‘irlangan. Qizig‘i, suratning o‘g‘irlangani topilganida ma’lum bo‘ldi. Asarni esa uncha uzoq bo‘lmagan shaxsiy xonadonda topishgan. Xonadon sohibi hibsga olingan.

Endi esa politsiya haqiqiy o‘g‘rilarni qidirishga kirishdi. Katta ehtimol bilan suratni chet elga pullashmoqchi bo‘lishgan, ammo koronavirus bois rejalar o‘zgarib ketgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring