Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Madaniyat vazirligi 10 metr balandlikdan qulagan akrobatlar haqida ma’lumot berdi

Madaniyat vazirligi 10 metr balandlikdan qulagan akrobatlar haqida ma’lumot berdi

Foto: NOS

O‘zbekistonlik havo gimnastikachilari Kristina Vorobyova va Rustem Osmanov 3 yanvar kuni «Karre Amsterdam» teatridagi chiqish paytida o‘n metr balandlikdan qulab tushgani xabar qilingan edi. Fojia Rustem Osmanov Kristina Vorobyovani bir qo‘li bilan ushlab turgan vaqtda ikkinchi qo‘li kuchini yo‘qotishi natijasida ro‘y berdi.

Juftlik deyarli bir vaqtning o‘zida tushib ketdi: Vorobyova orqa tomoni bilan yiqilib, harakatsiz qoldi. Tomoshabinlar avvaliga voqeani chiqishning bir qismi sifatida qabul qilishdi, ammo ko‘p o‘tmay, boshlovchi hammadan zalni tark etishini so‘radi. Hozir akrobatlar kasalxonada, «MIR» telekanali tomonidan berilgan xabarda ularning ahvoli og‘ir deb baholangan. Ammo Madaniyat vazirligi matbuot xizmati tomonidan Xabar.uz’ga ma’lum qilinishicha, Kristina kasalxonada jarrohlik amaliyotidan o‘tgan va ayni vaqtda uning holati qoniqarli baholanmoqda. Rustem Osmanov esa yaxshi holatda. U Kristinaning ustiga tushgani uchun og‘ir jarohat olmagan.

Kristina Vorobyova va Rustem Osmanov Sky Angels duetida ko‘plab sovrinlarni, shu jumladan sirk «Oskar»i deb ataladigan mazkur sanoatning eng oliy «Oltin masxaraboz» mukofotiga sazovor bo‘lishgan. Ular tishlarga osilgan holatda bajariladigan eng murakkab tryuklarni himoya to‘risiz bajaradigan O‘zbekistondagi yagona sirk artistlaridir.

«Biz o‘z chiqishimizni 5 yil oldin o‘ylab topganmiz va uni hamon takomillashtirishga harakat qilmoqdamiz», degan edi Kristina Vorobyova 2017 yilda «Gazeta.uz»ga. — Biz tish bilan chiqish qiladigan O‘zbekistondagi yagona havo gimnastikachilarimiz. Sirkda artist o‘z tomoshabinlarini hayratda qoldirishi va zavqlantirishi kerak, deb hisoblaymiz».

Madaniyat vazirligi tomonidan ma’lum qilinishicha, akrobatlar O‘zbekiston davlat sirkining xodimlari emas va shartnoma asosida faoliyat yuritish uchun xorijga yo‘l olishgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring