Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Maftunkor ranglar jilosi» rasmlar tanlovi bo‘lib o‘tdi

«Maftunkor ranglar jilosi» rasmlar tanlovi bo‘lib o‘tdi

2-noyabr kuni O‘zbekiston nogironlar jamiyati bilan hamkorlikda Yoshlar ijod saroyi binosida 7 yoshdan 17 yoshgacha nogironligi bo‘lgan iqtidorli yoshlar o‘rtasida rasm chizish bo‘yicha respublika ko‘rik-tanlovi tashkil qilindi.

Tanlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha birinchi tashabbusini amalga oshirishda ham muhim ahamiyat kasb etdi.

Ushbu tanlovda hududlarda o‘tkazilgan tanlovlarda g‘olib bo‘lgan nogironligi bo‘lgan bolalarning rassomlik mahoratlari yana bir bor sinovdan o‘tkazildi.

Tanlov doirasida nogironligi bo‘lgan bolalar tomonidan yaratilgan san’at asarlarining ko‘rgazmasi ham tashkil qilindi.

Tanlovda ishtirok etgan bolalar 1-darajali diplom bilan taqdirlandilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring