Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda an’anaviy haftalik o‘tkaziladi

O‘zbekistonda an’anaviy haftalik o‘tkaziladi

Joriy yilning 28-oktyabr – 1-noyabr kunlari Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida ananaviy «INFOLIB UZBEKISTAN-2019» VIII Milliy axborot-kutubxona haftaligi bo‘lib o‘tadi.

Haftalik oldidan Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida ommaviy axborot vositalari uchun matbuot anjumani tashkil etildi.

Milliy axborot-kutubxona haftaligini o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad – respublikamizda axborot-kutubxona sohasini yanada rivojlantirish, aholiga axborotlar olish manbai, shakl va metodlarini yetkazish, axborot-kutubxona foydalanuvchilariga xizmat ko‘rsatish, sohaga joriy qilingan zamonaviy, ilmiy-metodik ishlanmalar bilan tanishtirish, kitobxonlik va kitob mutoalasini targ‘ib qilish, yoshlarni intellektul bilimi va saviyasini oshirishga qaratilgan tadbirlar orqali ularning kutubxonalarga qiziqishini yanada kuchaytirishdan iborat.

Haftalik doirasida «Betgerxonlik-2019», «Kutubxonachilik sohasidagi islohotlar – yangi davr kutubxonalari», «Axborot-kutubxona muassasining eng yaxshi mutaxassisi-2019», «Bolalar va yoshlarni mutolaaga jalb qilish bo‘yicha eng yaxshi uslubiy ishlanma/loyiha», «Axborot-kutubxona tahlili tanlovi» tanlovlarining respublika bosqichi bo‘lib o‘tadi.

Shuningdek, axborot-kutubxona muassalari mutaxassislari uchun UzNEL dasturidagi modullarida ishlash tartibi bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar, «Ilmiy ma’lumotlardan foydalanish va nashr ettirish faolligi» IV Milliy ilmiy-ta’limiy forumi, Rossiya Federatsiyasidan Xalqaro ekspert, professor N.I.Gendina ishtirokida «Maktab o‘quvchilarining axborot madaniyati» mediasavodxonlik seminar-trening, «Axborot-kutubxona markazlari nodir fondlarini saqlash va restavratsiya qilish: muammo va yechimlar» mavzusida seminar, «Kitobxon ona – kitobxon bola» rukni ostida turkum tadbirlar, «Kitob sehri» mavzusida  kitobxonlik bayrami, «Kitob qalb gavhari» mavzusida she’rxonlik kabi tadbirlar o‘tkazilishi rejaltirilgan.   

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring