Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tojikistonda O‘zbekiston madaniyati kunlari o‘tkaziladi

Tojikistonda O‘zbekiston madaniyati kunlari o‘tkaziladi

Joriy yilning 11-15 noyabr kunlari Tojikiston Respublikasida O‘zbekiston madaniyati kunlari o‘tkaziladi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berib o‘tdi.

Delegatsiya rahbari madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev boshchiligida bir qator madaniy tadbirlar va hamkorlik aloqalarini rivojlantirish borasida uchrashuvlar o‘tkazilishi belgilangan. Dastur asosida 12 noyabr kuni Tojikiston madaniyat vaziri va O‘zbekiston madaniyat vazirining rasmiy uchrashuvi hamda O‘zbekiston madaniyati kunlarining ochilishi marosimi bo‘lib o‘tadi.

13 noyabrda Tojikiston madaniy meros ob’yektlari ko‘zdan kechiriladi, shu bilan birga, Tojikiston Maqom akademiyasiga tashrif buyuriladi. 14 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasiga atalgan katta ko‘rgazma tashkil etiladi hamda Madaniyat kunlarining tantanali yopilishi marosimi o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring