Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentning markaziy ko‘chalaridan biriga Chingiz Aytmatov nomi berildi

Toshkentning markaziy ko‘chalaridan biriga Chingiz Aytmatov nomi berildi

Kecha, 11-iyul kuni bo‘lib o‘tgan xalq deputatlari Toshkent shahar kengashining o‘ttiz sakkizinchi sessiyasida Yunusobod tumanidagi Bodomzor yo‘li ko‘chasiga Chingiz Aytmatov nomini berish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Bu haqda poytaxt hokimlik rasmiy saytida xabar berildi.

Chingiz Aytmatovning «Tog‘ va cho‘l qissalari» turkumiga kirgan asarlari yuksak baholandi. Aytmatovning «Oq kema» (1970) qissasida insoniy go‘zallik, ezgulik va hayot ziddiyatlari, ekologiya muammolari teran tadqiq etiladi.

«Sohil bo‘ylab chopayotgan olapar» (1977) qissasida muhim ma’naviy masalalar, sho‘ro davridagi hayotning mash’um manzaralari o‘z ifodasini topgan. «Asrga tatigulik kun» (1980), «Qiyomat» (1986), «Kassandra tamg‘asi» (1990) romanlarida zamonamizning umuminsoniy manzaralari, ona-sayyoramizning taqdiri, kuchli falsafiy, axloqiy va ijtimoiy muammolar ko‘tarilgan.

Ch.Aytmatovning qariyb barcha asarlari o‘zbek tilida nashr etilgan. Aytmatov o‘zbek adabiyoti, umuman, o‘zbek madaniyati tarixini yuksak baholab, «Qadim-qadim o‘zbek madaniyatining O‘rta Osiyoga ko‘rsatgan ta’sirini ko‘hna Vizantiyaning qadim Rusga ko‘rsatgan ta’siri bilan qiyoslash mumkin», deb hisoblaydi.

Ch.Aytmatov O‘zbekiston Respublikasining «Do‘stlik» (1995), «Buyuk xizmatlari uchun» (1998) ordenlari bilan mukofotlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring