Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ular yana shohsupaga qaytishdi. Farrux Zokirov hamda Yulduz Usmonova «Yil estrada xonanda»lari bo‘lishdi

Ular yana shohsupaga qaytishdi. Farrux Zokirov hamda Yulduz Usmonova «Yil estrada xonanda»lari bo‘lishdi

Foto: O‘zA

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining madaniyat va san’at sohalaridagi «Ehtirom» mukofoti 34 nafar ijodkorga topshirildi. Bu haqida «O‘zA» xabar berdi.

O‘zbekiston xalq artistlari Farrux Zokirov hamda Yulduz Usmonova «Yil estrada xonandasi» nominatsiyasi g‘olibi deb topilgan bo‘lsa, O‘zbekiston xalq artisti Munojot Yo‘lchiyeva «Yil an’anaviy qo‘shiq ijrochisi» nominatsiyasi sovrindori bo‘ldi.

O‘zbekiston xalq artisti, aktrisa Yayra Abdullayeva «Sahnamiz farishtasi», O‘zbekiston xalq artisti, rejissyor Bahodir Yo‘ldoshev «Yil rejissyori» nominatsiyalari g‘olibi bo‘ldi.

Shuningdek, turli nominatsiyalar bo‘yicha san’at va madaniyat sohasida samarali va fidokorona mehnat qilayotgan jami 34 ijodkorga ushbu sovrin topshirildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring