Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Via Marokand» litsenziyasi olindi, Jasur Umirov va «Ummon» qat’iy ogohlantirildi

«Via Marokand» litsenziyasi olindi, Jasur Umirov va «Ummon» qat’iy ogohlantirildi

Foto: «Xabar.uz»

«O‘zbekkonsert» davlat muassasasi qoshidagi qo‘shiqlar va ularga ishlangan videokliplar saviyasini baholovchi Badiiy kengash a’zolari tomonidan «Via Marokand» guruhining «Turist» qo‘shig‘iga ishlangan videoklipida juz’iy kamchiliklar bo‘lgani bois klipni ommaga taqdim etish rad etilgan edi.

Biroq guruh a’zolari bir necha bor ogohlantirilishiga qaramasdan, ushbu klip ommaviy axborot vositalari orqali namoyish etilgani sababli, «Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining 23-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 9-dekabrdagi 354-son qarorining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan nizomning 37-bandiga asosan, «Via Marokand» guruhi a’zolari Zokirova Asalxon Baxtiyorjon qizi va Toshmatov Abdurashid Husanovichlarga berilgan litsenziyalar joriy yilning 29-may kunidan to‘xtatilgan. Bu haqda «Xabar.uz»ga muassasa matbuot xizmati xabar berdi.


Mavzuga doir:
«O‘zbekkonsert» badiiy kengashidan o‘tmagan kliplar «Zo‘rTV»da «aylanib» yotibdi


Shuningdek, kengash a’zolari tomonidan «Ummon» guruhining «Oq gulim» va xonanda Jasur Umirovning «Saypi» deb nomlangan qo‘shig‘i va unga ishlangan kliplaridagi mavjud kamchiliklarni to‘g‘rilab, ommaga taqdim etish vazifasi topshirilgan edi. Biroq bildirilgan kamchiliklar to‘liq bartaraf qilinmasdan efirga berilgani uchun xonanda Jasur Umirov va «Ummon» guruhi ogohlantirilgan.

Agar ushbu holat yana takrorlansa, ularga berilgan litsenziyalar muddatidan avval to‘xtatiladi, deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring