Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yaxshi film qanday suratga olinadi? Formulasi topildi

Yaxshi film qanday suratga olinadi? Formulasi topildi

Foto: «Pikabu.ru»

Hamkorlikda o‘rganish o‘tkazgan Buyuk Britaniya va AQSh olimlari yaxshi pul keltiradigan filmlar uchun ssenariy «formulasi»ni ma’lum qilishdi. Bu haqda «Life.ru» xabar bermoqda. Tadqiqot natijalari AQShdagi Kornell universitetida e’lon qilindi.

Tadqiqot uchun turli syujet yo‘nalishlari orasidan asosiy oltitasi olindi: emotsional tetiklik bilan yuqoriga doimiy bir tekis harakat («kambag‘allikdan boylik» tomon); inqiroz sari betinim va bir tekis harakat («Romeo va Juletta»); keskin qulashdan so‘ng tiklanish («Cho‘qintirgan ota); tez parvozdan so‘ng halokat (Ikar haqidagi qadimgi yunon afsonasi); ko‘tarilish-qulash-ko‘tarilish («Zolushka»); qulash-ko‘tarilish-qulash (Edip haqidagi afsona).

Shu yo‘sindagi jami 6147 ta filmning kassa yig‘imlarini o‘rgangan tadqiqotchilar  keskin qulashdan so‘ng tiklanish yo‘nalidagi filmlar eng ko‘p pul to‘plaganini aniqlashdi. Masalan, «Cho‘qintirgan ota», «Tig‘ bo‘ylab yuguruvchi» yoki «Murtadlar» filmlari.

Olimlarning ta’kidlashicha, tez parvozdan so‘ng halokat (Ikar afsonasi) toifasidagi filmlar kichik budjetli filmlar sirasiga kiradi. Aksincha, inqiroz tomon betinim bir tekis harakat («Romeo va Juletta») yo‘nalishidagi syujetlar yirik budjetli film olish uchun yaxshi manba sanaladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring