Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bugun Xalqaro eshaklar kuni. Eshak haqida bilmaganlarimiz – ular hatto urushda qatnashgan

Bugun Xalqaro eshaklar kuni. Eshak haqida bilmaganlarimiz – ular hatto urushda qatnashgan

Bugun Butun jahon eshaklar kuni – eng mehnatkash hayvonlar kuni. Garchi har doim ham munosib mukofotga lozim ko‘rilmasa-da.

Oddiygina eshak otlar va zebralar bilan bir oilaga mansub xonaki tuyoqli hayvon. Eshak Afrikaning Nil daryosi bo‘yidagi hududda taxminan 5000-7000 yil oldin xonakilashtirilgan. Afrikadan eshak Osiyoga, keyin esa Yevropaga tarqaldi. Yangi dunyoga uni Xristofor Kolumb ikkinchi sayohati paytida olib kelgan.

Xonakilashtirilgan paytdan boshlab eshaklar ishchi hayvonlar sifatida: qishloq xo‘jaligida transport vazifasini bajargan. Uni xirmonda, suv tashishda va boshqa ishlarda ishlatishgan. Bugungi kunda dunyoda 40 milliondan ortiq eshak mavjud bo‘lib, ularning aksariyati rivojlanmagan mamlakatlarda, ish hayvonlari sifatida qishloq xo‘jaligida inson mehnatidan keyin eng arzon ishchi kuchi hisoblanadi.

Eshakning axmoqligi, o‘jarligi va dangasaligi haqida fikrlar nafaqat haqoratli, balki o‘ta adolatsizlikdir. Eshak har qanday ishni qilishdan avval «o‘ylashi» mutaxassislar tomonidan o‘rganilgan. Bundan tashqari, eshaklar norozi xizmatkor va qul bo‘lishni xohlamaydilar, ular faqat yordamchi va do‘stlikka rozi bo‘lishadi. Shuning uchun eshak hammaga itoat etmaydi. Agar biror kishi uning «tili»ni topa olmasa, uni faqat tayoq bilan siljitishga majbur qilish mumkin. Ya’ni siz hayvonning ishonchini qozonganingizdan so‘ng, u sodiq hamroh va mehnatkash, ishonchli ishchiga aylanadi – uni urib emas, yaxshi gap bilan ishlatish darkor. Eshaklar odatda do‘stona, o‘ynoqi va o‘rganishga intiladigan aqlli hayvonlar ekanligini afsuski allaqachon ko‘pchilik unutib qo‘ygan, hatto tasavvur ham qilolmaydi.

Etnoekolog, chorvachilik bo‘yicha mutaxassis doktor Abdul Razzoq birinchi marta 2010-yilda Pokistondagi doktorlik tadqiqoti doirasida eshaklar tuyalarga qaraganda ancha mehnatkash va quruq iqlim, og‘ir mehnat sharoitlariga chidamli bo‘lgani uchun bu ajoyib hayvon e’tirofga loyiq, degan qarorga kelgan.

Irodalilikda eshak hatto otlardan ustun – suvsiz, oziq-ovqatsiz uzoq vaqt juda qattiq ishlay oladi. Ot bilan solishtirganda, eshak sho‘r suv ham ichadi, kamroq kasal bo‘lishga va uzoq umr ko‘rishga qodir. Yukning og‘irligi hayvonning tirik vaznining uchdan ikki qismini tashkil qiladi va istisno hollarda undan oshishi mumkin. To‘g‘ri kundalik tartib bilan eshak ovqatlanish uchun bir marta tanaffus qilib 8-10 soat ishlashi mumkin. Shu bilan birga, u tog‘larda, toshloq va notekis yo‘llarda ham taqaga muhtoj emas.

Yevropada uy eshaklari, avvalo Italiyaga, keyin Gretsiyaga olib kelingan. Gippokrat va uning maktabi shifokorlari ko‘plab kasalliklarni eshak suti bilan davolashgan. Bu yuz va tananing oqligini saqlaydigan ajoyib kosmetik mahsulot deb hisoblangan.

Yangi davr boshida eshak boqishga Ispaniyada jiddiy qaralgan. Bir paytlar bu mamlakatdan jonivorni olib chiqish mutlaqo taqiqlangan edi: ular milliy boylik bilan tenglashtirilgan!

Bu hayvon faqatgina sovuq va uzoq muddatli yomg‘irlarga chidamsiz. Shuning uchun ulardan an’anaviy ravishda quruq, issiq yoz va qisqa qish bo‘lgan mamlakatlarda foydalaniladi. Kichik yuk tashish va yordamchi ishlar uchun hayvon sifatida eshak hozirgacha o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan.

Eshaklar tarixda urushda, yuk tashishda juda asqotgan. Birinchi jahon urushi paytida britaniyalik Jon Simpson Daffi ismli eshakda jarohatlangan askarlarni jang paytida xavfsiz joyga olib chiqib, qutqarish uchun foydalangan. Hatto Jon Simpson va uning eshagiga yodgorlik o‘rnatilgan.

Ikkinchi jahon urushi paytida Britaniya armiyasi eshaklardan yuk ko‘taruvchi hayvonlar sifatida keng foydalangan. Qrim va Shimoliy Kavkazdagi janglarda eshaklar eng og‘ir yuklarni ko‘targan. Bundan tashqari, bujonivor juda aqlli va urushga moslashuvchan bo‘lib chiqdi. Chaqqon va otga nisbatan ixcham bo‘lgani uchun xandaqlar orqali yugurib dushman o‘qlariga deyarli uchramaganlar – uzun quloqlari bundan mustasno. Biroq, ajablanarlisi shundaki, ular juda tez qo‘rquvni yengib sokin bo‘lib qolishi.

Bu jonivorlar yaqin vaqtgacha Italiya armiyasida tog‘ qotishmalarini tashish uchun ishlatilgan. Askarlarning har birining o‘z yukini ko‘tarishi uchun yordamchi va favqulodda vaziyatda yeyish mumkin bo‘lgan ozuqa bor edi.

Eshaklar 1800 yillarning o‘rtalaridan boshlab konchilar uchun, ayniqsa, oltin qazib olishda yuk hayvonlari sifatida foydali bo‘ldi. Konchilar bu hayvonni asboblar, yuk va rudalarni tashish qobiliyati tufayli ardoqlar edi. Ularning tabiati va egasiga moslashishi ko‘plab konchilarga eshaklarini arqonsiz boshqarishga imkon berdi. Chunki ular shunchaki egasining orqasidan ergashishadi. Hozirda yovvoyi bo‘lgan bu eshaklarning avlodlarini bugungi kunda ham AQShning janubi-g‘arbiy qismida topish mumkin.

Yana bir qiziq ma’lumot: 1-may kuni Meksikaning Otumba shahrida Mehnat kuni noan’anaviy parad bilan nishonlanadi. Bu yerda kunning bosh qahramonlari eshaklardir. Mahalliy aholi ularni chinakam mehnatkashlar va ularga bag‘ishlangan butun festival o‘tkazishga loyiq, deb hisoblashadi.

Asosiy tadbirlardan biri eshaklarning «kiyinish» paradi bo‘lib, ular turli xil liboslarda ko‘ngilochar yoki sayyohlik joylarida olib yuriladi. Xullas, Butunjahon eshaklar kunini nishonlashdan asosiy maqsad bu jonivorning ahamiyatini ta’kidlash va ularga nisbatan shafqatsizlikka e’tibor qaratishdir. Ushbu bayramni nishonlashning ko‘plab usullari mavjud. Siz eshaklar haqida qiziqarli ma’lumotlarni o‘rganishingiz va ularni tinglashingiz, eshaklar bor fermaga yoki hayvonot bog‘iga tashrif buyurishingiz, ularni minishingiz va turli yeguliklar bilan mehmon qilishingiz mumkin. Yurtimizdagi ba’zi odamlar shu kun bahona ma’lumotlar orqali loaqal bu jonivorlarni urmaslikni, och qoldirmaslikni, ishlatib-ishlatib qishning ayozida ko‘chaga haydab yubormaslikni, quloqlarini kesib azoblamaslikni anglab yetsalar ne ajab.

           Barno Sultonova tayyorladi

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring