Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘onada 3 tup tol va 9 tup archa ildizi bilan qo‘porib tashlandi (foto)

Farg‘onada 3 tup tol va 9 tup archa ildizi bilan qo‘porib tashlandi (foto)

Joriy yilning 21 may kuni Telegram ijtimoiy tarmog‘ida «Andarxon» chegara posti yonida daraxtlar noqonuniy qo‘porib tashlangani to‘g‘risida xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Tabiat resurslari vazirligi Farg‘ona viloyat boshqarmasi Matbuot xizmati izoh berdi.

Qayd etilishicha, holat Farg‘ona viloyati Tabiat resurslari boshqarmasi davlat inspektori tomonidan o‘rganilgan. O‘rganish davomida Beshariq tumani “Andarxon” chegara posti yonida manzarali 3 tup tol hamda 9 tup archa daraxtlari noma’lum shaxslar tomonidan noqonuniy ravishda ildiz qismidan qo‘porib olib tashlanganligi va o‘simlik dunyosiga 99 575 500 so‘m miqdorida zarar yetkazilganligi aniqlangan.

«Hozirda huquqbuzarlar shaxsiga oydinlik kiritish va huquqiy baho berish uchun to‘plangan hujjatlar viloyat prokuraturasiga taqdim etildi», – deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring