Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Havo haroratining yana ko‘tarilishi aytildi. Issiq kunlarda nimalarga e’tibor berish kerak?

Havo haroratining yana ko‘tarilishi aytildi. Issiq kunlarda nimalarga e’tibor berish kerak?

O‘zgidromet joriy ish haftasi davomida O‘zbekistonning tekislik hududlari bo‘yicha kam bulutli va quruq ob-havo saqlanib turishini, shuningdek, havo harorati kechalari 15-20 daraja atrofida, kunduz kunlari esa ish haftasining boshida harorat 32-37 darajadan hafta oxirida 35-37 darajagacha asta-sekin ko‘tarilib borishini prognoz qildi.

Xo‘sh, yozning bunday issiq kunlarida nimalarga e’tibor berish kerak?

Mutaxassislar fikricha, yoz kunlari yorqin rangda bo‘lgan va paxtadan bo‘lgan kiyimlarni tanlash maqsadga muvofiq. Chunki tabiiy matodan tikilgan kiyimlar terini nafas olishiga imkon beradi. Bu esa tana haroratining ko‘tarilib ketishi oldini oladi.

To‘g‘ri tushadigan quyosh nuridan saqlanish va issiq kunda bosh kiyim kiyib yurish ham tavsiya qilinadi.

Yoz kunlari quyosh nuri 12:00 dan 16:00 gacha juda ham faol holatda bo‘ladi. Shuning uchun bu vaqt oralig‘ida ko‘chaga chiqishni rejalashtirmagan ma’qul. Ammo vaziyat majbur qilsa, tananing ochiq joylarini quyosh nuridan asrashga harakat qilish lozim.

Tez buziladigan yegulik mahsulotlarini xarid qilmaslik kerak. Chunki issiq haroratda bakteriyalar juda ham tez ko‘payadi. Bu esa zaharlanishga olib kelishi mumkin. 

Issiq ob-havoda organizmda suv balansi buziladi, hamda ko‘p namlik yo‘qotadi. Shuning uchun jaziramada kuniga 3 litrdan kam bo‘lmagan miqdorda suyuqlik iste’mol qilish maqsadga muvofiq. Chanqoqni esa har xil olcha, olma va nordon mevalardan tayyorlangan sharbattlar, suzmadan tayyorlangan ayron va limonli suvlar bosadi.

Jazirama kunlarda qahvadan voz kechgan ma’qul. Chunki qahva issiq kunda charchoqni oshiradi. Shirin va gazlangan ichimliklar haqida ham shuni aytish mumkin. Issiq ob-havoda alkogol ichimliklarini cheklash kerak. U organizmni suvsizlanishiga olib keladi.

Taomlanishda esa eng yaxshisi meva va sabzavotlarni tanlagan yaxshi. Turli salatlar, suzmali taomlar, hamda yaxna sho‘rvalar ham tavsiya etiladi. Bodring, tarvuz, qovun hamda nordon-shirin mevalar salqinlatish xususiyatiga ega.

Jaziramada juda ham yog‘li va sho‘r taomlarni iste’mol qilishdan saqlanish kerak. Albatta hamma narsaning me’yori bo‘lganidek, yaxna ichimliklar va taomlarni ham me’yorida iste’mol qilinishi zarur.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring