Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ikki oyda tashqi savdo aylanmasi hajmi 9,9 mlrd dollarga yetdi

Ikki oyda tashqi savdo aylanmasi hajmi 9,9 mlrd dollarga yetdi

2024-yil yanvar-fevral oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 9,9 mlrd AQSh dollariga yetdi va 2023-yilning yanvar-fevral oylariga nisbatan 940,3 mln AQSh dollariga yoki 10,5 foizga ko‘paydi.

Bu haqda Statistika agentligi ma’lum qildi.

TSAda eksport hajmi 3 mlrd 631,5 mln AQSh dollariga (2023-yilning yanvarfevral oylariga nisbatan 13,6 foizga ko‘p) va import hajmi 6 mlrd 287,5 mln AQSh dollariga (8,7 foizga ko‘p) yetdi. Hisobot davrida 2 mlrd 656 mln AQSh dollari qiymatida manfiy tashqi savdo balansi qayd etildi.

O‘zbekiston ayni paytda jahonning 151 mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelyapti. TSAning nisbatan salmoqli hissasi XXRda (21,5  foiz), Rossiyada (17,8  foiz), Qozog‘istonda (5,9  foiz), Turkiyada (4,4 foiz) va Koreya Respublikasida (3,7 foiz) qayd etilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring