Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qashqadaryoda 1,1 mlrd so‘mlik suv quvurlari «tuya» qilingan – prokuratura

Qashqadaryoda 1,1 mlrd so‘mlik suv quvurlari «tuya» qilingan – prokuratura

Qashqadaryo viloyatyaining Muborak tumanida 1,1 milliard so‘mlik po‘lat suv quvurlarini o‘zlashtirish holati aniqlandi.

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Qashqadaryo viloyat boshqarmasi bergan ma’lumotga ko‘ra, holat yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, «Qashqadaryo suv ta’minoti» MChJ Muborak tumani filiali moddiy javobgar shaxslari va boshqalar tumandagi «Ko‘hnashahar» va «A.Temur» hududidan o‘tuvchi uzunligi 2 500 metr bo‘lgan bozor bahosi 1,1 mlrd so‘mlik po‘lat suv quvurlarini o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring