Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Senatda bo‘shab qolgan o‘rinlar uchun saylov bo‘lib o‘tdi

Senatda bo‘shab qolgan o‘rinlar uchun saylov bo‘lib o‘tdi

Bugun Navoiy shahrida viloyatda bo‘shab qolgan o‘ringa O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi saylovini o‘tkazish bo‘yicha qo‘shma majlis o‘tkazildi

Navoiy shahrida bo‘lib o‘tgan xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlarining qo‘shma yig‘ilishida Markaziy saylov komissiyasi Raisi Z.Nizamxodjayev ham ishtirok etgan.

«Saylov to‘g‘ridan to‘g‘ri, teng va yashirin ovoz berish yo‘li bilan amalga oshirildi. Saylov natijalariga ko‘ra Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov Oliy Majlis Senati a’zoligiga saylandi», – deyiladi MSK xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring