Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Do‘xtirlarning o‘zlari kasal bo‘lib qolishsa nima qilishadi?

Do‘xtirlarning o‘zlari kasal bo‘lib qolishsa nima qilishadi?

Foto: AiF

Terapevt, revmatolog, dermatolog, urolog, psixolog, shuningdek, fizika va matematika bo‘yicha fan doktorlari betob bo‘lib qolishganida qanday choralar qo‘llashlarini aytishdi


O‘zim betob bo‘lib qolsam, bemorlar bilan muloqotni cheklayman, qo‘llarimni tez-tez sovunlab yuvib, niqob taqib yuraman. Gripp profilaktikasi uchun barchaga emlanishni tavsiya qilaman. Agar kasallikni yuqtirishga ulgurgan bo‘lsangiz, dam oling, suyuqlikni ko‘proq iching. Shaxsan menga limon qo‘shilgan qaynoq suv ma’qul.

Yen Nelligan,
terapevt


Mazam qochsa shunday yo‘l tutaman:

  • Kuniga olti-sakkiz stakan suv ichaman.
  • Odatdagidan bir-ikki soat erta uyquga yotaman.
  • Kasallikni yengillatish uchun retseptsiz beriladigan dorilarni qabul qilaman.
  • Jinsiy aloqa mumkinmas.
  • Qo‘llarimni tez-tez yuvaman.

Robert Maklin,
revmatolog


Eng asosiysi — profilaktika, shuning uchun har yili grippga qarshi ukol olaman. Kundalik tartib va jismoniy faollikka amal qilaman. Shundayam grippni yuqtirib olsam, C vitamini va rux qabul qilaman. Ayrim tadqiqotlarga ko‘ra, bular kasallik o‘tishini yengillashtirarkan.

Entoni Rossi,
dermatolog


Kasallik ta’tiliga kamdan-kam chiqaman. Kuniga yettita operatsiyam bor, hatto dam olish kunim ham yo‘q. Oddiy shamollashni oyoqda turib o‘tkazaman: dori ichib, niqob taqaman. Agarda gripp bo‘lib qolsam, boshqalarga yuqmasin deb uyda qolaman.

Jamin Brambxatt,
urolog


Kasal bo‘lib qolsam, o‘zimga kasal bo‘lishga ruxsat beraman. Uncha shoshilinch bo‘lmagan ishlarni keyinga qoldiraman, ishchanligimni sal susaytiraman. Stress darajasining pasayishi — immun tizimi uchun foydali. Yana organizmimga diqqat bilan quloq tutib, u nimani talab qilsa, shuni beraman.

Janett Reymond,
psixolog


Men doktorman, ammo shifokor emasman, shunga qaramay, isitma boshlanganidan keyin endi bir nima qilish kechligini tushunaman. Kasallik simptomlariga qarshi kurashishga urinaman, organizmim o‘zi bir qarorga kelishini bir-ikki hafta kutaman.

Aleks Klots,
doktor, fizik


Matematik tadqiqotlarda sizning maqsadingiz — muammoni yechimga ega boshqa muammoga taqqoslab ko‘rishdir. Agarda siz kasal bo‘lib qoldingizmi, shunchaki eslang: oxirgi marta qanday tuzalib ketgansiz, matematik nuqtai nazardan siz sog‘ayishingiz aniq.

Mettyu Zaremskiy,
doktor, matemati
k

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring