Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ehtiyot bo‘ling! Bulutlarning inson salomatligi uchun xavfli jihati bor

Ehtiyot bo‘ling! Bulutlarning inson salomatligi uchun xavfli jihati bor

Irvayndagi Kaliforniya universiteti olimlari atmosfera havosidagi bulutlarning paydo bo‘lishida ishtirok etadigan va odamlarda xavfli astmani keltirib chiqaradigan ko‘plab nanoqismlar, aslida, qo‘ziqorin sporalari ekanligini aniqlashdi. Bu haqda «Science Alert»ga asoslanib «Xalq So‘zi Online» xabar berdi.

Aytilishicha, 2016 yilda tadqiqotchilar Oklaxoma shtatida bir oy davomida diametri 20-60 nanometr bo‘lgan zarrachalarni ushlaydigan asbobdan foydalanib, ularni tutishgan, keyin esa yupqa platina ipiga joylashtirishgan. Molekulalar bug‘langandan so‘ng yuqori aniqlikdagi spektrometr hosil bo‘lgan gazlarni tahlil qilgan va ularning kimyoviy tarkibini aniqlagan.

Olimlarning fikriga ko‘ra, havoga ko‘tariladigan sporalar suv yutadi, shishadi va 30 nanometr diametrli bo‘laklarga bo‘linadi (ular diametri ming nanometrga teng hujayralardan ancha kichikdir).

Nanoqismlar suv molekulalari birikadigan yadrolar rolini o‘ynaydi, shundan so‘ng muz kristallari paydo bo‘lib, ular o‘z navbatida, bulutlarni hosil qiladi.

Shundan so‘ng ushbu zarralar o‘pkaga ancha chuqur kirib boradi. Mutaxassislar ba’zi odamlarda yomg‘ir paytida astma xurujlarining boshlanishini ayni shu omil bilan izohlashmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring