Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kimlarga mandarin yeyish tavsiya etilmaydi?

Kimlarga mandarin yeyish tavsiya etilmaydi?

Foto: «Pixabay.com»

Shifokor-diyetolog Yelena Solomatina «Kimlar mandarin yemagani ma’qul?» degan savolga javob berdi, deb yozadi «Vechernyaya Moskva».

Solomatinaning so‘zlariga ko‘ra, mandarin juda foydali. Negaki, tarkibida vitaminlar, mikro- va makroelementlar, antioksidantlar juda ko‘p. Shuningdek, uning aytishicha, mandarin tarkibida zamburug‘lar o‘sishini to‘xtatadigan va bakteritsid ta’sir ko‘rsatadigan moddalar bor.

Shifokorning ta’kidlashicha, mandarinni, ayniqsa, kuz-qish mavsumida virusli kasalliklarning oldini olish maqsadida yeyish lozim.

Biroq gastrit, me’da kislotasi oshishishi, oshqozon-ichak yo‘li kasalliklaridan qiynalayotganlar mandarin yeyishdan o‘zlarini tiyganlari ma’qul. Uning fikricha, hatto sog‘lom odam ham och qoringa mandarin yeganda noxushlikni his qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring