Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kimyoviy gel sog‘liq uchun zarar. Ekologik toza idish yuvish vositasi tayyorlashni o‘rganing

Kimyoviy gel sog‘liq uchun zarar. Ekologik toza idish yuvish vositasi tayyorlashni o‘rganing

Foto: Google.com

Bugun har bir ayol o‘z oshxonasini zamonaviy idish yuvish vositalarisiz tasavvur qila olmaydi. Bir-ikki tomchi dastmolga tomizilgan kimyoviy vosita har qanday yog‘liqlik darajasi mavjud idishni top-toza qiladi. Ammo uning qay darajada o‘zi va oila a’zolarining sog‘lig‘iga ta’sir qilishi haqida kamdan-kam ayollar o‘ylab ko‘rishadi.

Ko‘pchilik idish yuvish vositalari bilan yuvilgan idish-tovoqni kamida yetmish marotaba chayqash zarurligini bilishmaydi. Aksariyat holatda vosita tarkibidagi zararli kimyoviy moddalar idish yuzasida qolib, ovqat bilan inson organizmiga tushadi va bir qancha og‘ir kasalliklarni keltirib chiqaradi.

Idishlarni yuvishga mo‘ljallangan vositalar kimyogarlar tilida yuzaning faol moddalari (YuFM) deb atalib, ular kationli (KYuFM), anionli (AYuFM), amfoterli (AmfYuFM), neionogenli (NYuFM) larga bo‘linadi. Ushbu kimyoviy birikmalarni idish yuzasidan yuvib tushirish ancha qiyin.

Avvalo idish yuvish geli bilan yuvilganda suv tomchilarida erigan YuFM bo‘ladi. Suv qurigach, mazkur moddalar idish yuzasini qoplaydi. Biz idishga issiq ovqat solganimizda, aynan YuFM ovqatimizga qo‘shiladi va yemak bilan birgalikda organizmimizga kiradi. Har bir oila a’zosi bir yilda 200 grammgacha kimyoviy yuvish vositalarini «yeydi»!

70 foiz allergik va boshqa kasalliklar aynan oshxonamizda kimyoviy idish yuvish vositalaridan foydalanish natijasi ekanligini bilmaydi. Eng zararsiz vosita bu kul va kir yuvish sovuni, choy sodasi, xantaldir. Bezarar idish yuvish vositasini tayyorlash uchun bir dona kir sovunni qirg‘ichdan o‘tkazib, uni shisha idishga joylang, ustidan yarim quti choy sodasini solib, iliq suvda ivitib qo‘ying. U eng yog‘li idishlaringizni ham bir zumda toza qilib, mutlaqo bezarardir.

Bundan tashqari ular suvda erib, atrof-muhitga ham zarar yetkazmaydi. Suvni tejash imkonini beradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring