Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ko‘zlarni sog‘lom asrovchi oddiy mahsulotlar: deyarli hammasi uyimizda bor

Ko‘zlarni sog‘lom asrovchi oddiy mahsulotlar: deyarli hammasi uyimizda bor

Ko‘zlarning salomatligiga turli omillar putur yetkazishi mumkin, shuning uchun ham vaqtida ko‘rilgan chora keyin davolagandan ko‘ra yaxshiroq. Masalan, sog‘lom turmush tarzi, parhez singari eng oddiy vositalar ko‘zlarimizni avaylab-asrashda juda muhim.

«Rebuild Your Vision» kompaniyasi rahbari Tayler Sorensenning ayrim tavsiyalari e’tiborga molik. Xususan, u ko‘z uchun muhim oziq mahsulotlarni sanab o‘tdi. Bular:

  • chernika;
  • uzum;
  • sabzi;
  • yog‘li baliq;
  • bargli yashil sabzavotlar;
  • kovul;
  • piyoz;
  • sarimsoqpiyoz;
  • tuxum.

Bulardan tashqari, mutaxassisning aytishicha, jismoniy faollik muhim — u tanada qon aylanishini yaxshilaydi, ko‘zlar ko‘p toliqmasligi uchun sutkasiga yetti soatdan ortiq uxlash hamda ko‘proq suv ichish zarur. Sorensenning ta’kidlashicha, suv kun davomida ko‘zlarni yetarlicha namlik bilan ta’minlab, ularni chang va g‘uborlardan xalos qilishda ko‘maklashadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring