Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Nega ho‘l soch bilan uxlash xavfli?

Nega ho‘l soch bilan uxlash xavfli?

Foto: «Express»

Juda ko‘pchilik ho‘l soch bilan uxlashga o‘rganib qolgan. Boshni yuvish uchun erta tongda turish hamma ham xohlayvermaydi, kechasi esa oila a’zolariga fenning tovushi yoqmasligi aniq. Tunda bosh yuvmaslik kerak degan gapni esa deyarli har birimiz eshitganmiz. Shu o‘rinda nima uchun degan savol tug‘iladi?

Sovqotish

Ho‘l soch bilan uxlash tunda shunchaki sovqotib qolishga olib kelishi mumkin. Bu, ayniqsa, derazani ochib yoki konditsionerli xonada uxlaganlarga taalluqli. Natijada uyqu sifati yomonlashadi. Ya’ni uxlaganingizga qaramay uyquga to‘ymaysiz. Oqibatda — keyingi kuni ahvolingiz yomon tomonga o‘zgarishi mumkin, shamollashning ilk alomatlari paydo bo‘ladi.

Bakteriya

Issiq va namlik — bakteriyalar ko‘payishi uchun ajoyib muhit. Endi ho‘l soch bilan uxlashga yotganda yostig‘ingizda bakteriyalarning qanchalik ko‘payishini tasavvur qilyapsizmi? Unutmang, namlik yostiqning ichiga ham singishi mumkin. Shunday ekan, hatto ko‘rpa-yostiq jildini almashtirish ham unchalik yordam bermaydi.

Bosh og‘rig‘i

Bosh terisida bakteriyalar o‘sishi tufayli tana ularga qarshi kurashishga urinadi, shikastlangan a’zoga qon yuborishni ko‘paytiradi. Qon aylanishi kuchayadi, qon bosimi ko‘tarilishi mumkin: u bosh og‘rig‘ini keltirib chiqaradi.

Immunitet pasayishi

Odam tanasi sovqotganda leykotsitlarni tashuvchi qon tomirlar torayadi. Ma’lumki, leykotsitlar turli infeksiyalarga qarshi kurashadi. Tomirlar torayganda ular shunchaki tanani yetarlicha himoya bilan ta’minlolmay qoladi. Viruslarga qarshilik susayadi, odam tez kasallanib qoladi.

Soch mo‘rtlashishi

Ho‘l soch kuchsizlanadi. Ustiga-ustak, har qanday ta’sirga sezuvchan bo‘lib qoladi: masalan, uxlaganda u yoqdan bu yoqqa ag‘darilganda ho‘l sochning sinishi osonlashadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring