Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Onkologiyani qo‘zg‘atuvchi to‘rtta odat aniqlandi

Onkologiyani qo‘zg‘atuvchi to‘rtta odat aniqlandi

Foto: «Vokrugsveta.ua»

Chekish, noto‘g‘ri ovqatlanish va ortiqcha vazn onkologiyani rivojlantiruvchi xavfli omillar ekanligi ko‘pchilikka ma’lum. Germaniyalik tibbiyot xodimlari xavfli o‘smalarning rivojlanishiga sabab bo‘luvchi boshqa omillarni ham aniqlashdi. Ko‘pchilik ularni hatto xayollariga ham keltirmaydi. Ustiga-ustak, gap eng ko‘p tarqalgan sabablar haqida bormoqda.

Ulardan biri samolyotda oyna yonida o‘tirishni xush ko‘ruvchilarga taalluqli.

«Oyna quyoshdan kuyishga sabab bo‘luvchi ultrabinafsha nurni o‘tkazmaydi, lekin 47 foizgacha UVA nurini o‘tkazadi. Natijada teri erta qariy boshlaydi, teri saratoni rivojlanish xavfi paydo bo‘ladi», — deb izohlaydi mutaxassislar.

Issiq sho‘rva, choy va boshqa ichimliklarni muntazam iste’mol qilish ham salomatlikka zarar yetkazadi. Selsiy bo‘yicha 65 darajadan yuqori haroratdagi suyuqlik qizilo‘ngach uchun xatarli. Yuqori harorat ta’sirida uning hujayra va to‘qimalari shikastlanadi. Bu vaqt o‘tishi bilan onkologiyani keltirib chiqarishi mumkin.

Har kuni ishdan keyin bir qadah piva yoki boshqa alkogolni ichish odati jigar, og‘iz, tomoq va sut bezi saratoni xavfini oshiradi. Bunday xatar alkogol miqdoriga qarab ortib boraveradi.

Yana bir xavfli odat — smartfon bilan uxlab qolish. Matoxdan taralayotgan yorug‘lik «uyqu gormoni melatonin ajralishini qiyinlashtiradi». Tadqiqotchilar quyi melatonin darajasi bilan saraton rivojlanish xavfi oshishi o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlashgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring