Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Smartfon batareyasi umrini qisqartiruvchi narsalar — 0 dan 100 gacha

Smartfon batareyasi umrini qisqartiruvchi narsalar — 0 dan 100 gacha

Foto: «Pixabay»

Ekspert Vladimir Gritsenko smartfon foydalanuvchilari qurilmani quvvatlashda yo‘l qo‘yadigan xatolarni sanab o‘tdi.

Akkumulyatorni hech qachon nulga tushirib yubormang!

Mutaxassisga ko‘ra, smartfonni to‘liq — 100 foizgacha zaryadlash (quvvatlash) va aksincha, quvvatini 0 foizgacha tushirib yuborish batareya umrini ancha qisqartirishi tadqiqotlarda aniqlangan. Bunaqada 300-500 sikldan so‘ng akkumulyator butunlay sob bo‘lishi mumkin.

Yaxshisi, smartfon batareyasi quvvatini 80 foiz — 40 foiz oralig‘ida saqlang. Bu tartibda ishlatilgan akkumulyator umumiy sig‘imini uzoq vaqt yo‘qotmaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring