Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Telegram»dan fleshka sifatida foydalanishni bilasizmi?

«Telegram»dan fleshka sifatida foydalanishni bilasizmi?

Foto: «Rbc.ru»

«Telegram» shunchaki muloqot vositasi bo‘lib qolmay, yaxshigina ish quroli hamdir. Fikr almashasiz, foto va videofayllarni, muhim yangiliklarga havolalarni bemalol boshqalarga ham ulasha olasiz.

Bu messenjerda o‘zingizga o‘zingiz yozishingiz ham mumkin. Qanday qilib?

Albatta, fleshkasini unutib qoldirganlar elektron pochta yoki telegramda faylni boshqalarga «jo‘natish» usulidan foydalanishidan xabardormiz. Ammo har doim ham bu usul o‘zini oqlayvermaydi. Yaxshisi o‘zingizga o‘zingiz yozing!

Telegramdan fleshka sifatida foydalanish juda oson!

Buning uchun kontaktlar ro‘yxatidan o‘zingizni topasizda (ro‘yxatda bo‘lmasangiz shaxsiy telefon raqamingizni kontaktlarga kiriting) xabarlarni (foto, video, havolalar va hokazo fayllar)ni jo‘nataverasiz. Bunda, albatta, fayllarning «og‘irligi» va internet-trafigingiz sarfini ham unutmang.

Yuqoridagi usul fayllarni hadeb fleshkaga yoki «Dropbox»ga tashlayverishdan qulay va oson. Hech mubolag‘asiz, «Telegram»ingiz bo‘lsa, sizga «Dropbox» ham, yondaftar ham kerakmas.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring