Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yozda terlamayin desangiz

Yozda terlamayin desangiz

Foto: «Us.supersmart.com»

Ba’zilar ko‘p terlashni gigiyenik muammo deb hisoblab, shifokorga bormaydi. Bekorga shunday qilishadi. Chunki bu masalada faqat tozalik bilan ijobiy natijaga erishib bo‘lmaydi. Quyida terlashga qarshi qo‘llaniladigan chora-tadbirlar bilan tanishasiz.

Eng avvalo, shifokorga murojaat qiling. Ko‘p terlashning sabablari juda ko‘p: qon tomir distoniyasidan qandli diabetgacha. Ko‘p terlash ikkilamchi gipergidroz bo‘lsa, diqqatni asosiy kasallikni davolashga qaratish lozim. Bordi-yu, tekshiruvlar hech qanday natija bermasa, birlamchi gipergidroz haqida gap ketayotgan bo‘ladi. Nima bo‘lganda ham, organizmda qanday jarayonlar sodir bo‘layotganini bilib qo‘ygan ma’qul.

Qatronli sovunda yuvining. Bu ko‘pchilikka yoqmasligi aniq. Lekin bir marta ishlatib ko‘rgach, samarasiga ishonch hosil qilishadi. Noxush hid shamolda tez yo‘qoladi, terlaydigan a’zo esa bakteriyalardan tez xalos bo‘ladi. Negaki, yoqimsiz hidni ter emas, aynan bakteriyalar keltirib chiqaradi. Tongda va kechki payt qatronli suvda yuvinish – ajoyib chora!

Shifobaxsh vanna. Ko‘p terlashning oldini olish uchun haftasiga 3 marta giyohli vanna qabul qilish zarur. Tarkibida oshlovchi moddalar ko‘pligi tufayli eman po‘sti, ayniqsa, foydali. Vannani harorati 30 daraja iliq bo‘lgan suv bilan to‘ldirib, qaynatma (100 g eman po‘stiga 1 l suv quyib, yarim soat qaynating va suzib oling)ni aralashtiring.

«Boratli loson». Bu oyoq terlashiga qarshi ajoyib vosita. 4 foizli borat kislotasining suvli eritmasiga teng miqdorda osh sirkasini aralashtirib, tovon va barmoqlar orasiga surting. Mabodo yuzingiz ko‘p terlasa, limon sedrasi yordam beradi: qancha ko‘p surtib yursangiz, shuncha yaxshi.

Moddalar almashinuvini tartibga soling. Bu borada sizga quyidagi retsept yordam beradi: moychechak, marmarak, qayin kurtagi, bo‘znochdan teng miqdorda olib, 1 osh qoshig‘iga 2 stakan suv quying. Qattiq qaynab chiqqach, bir oz tindiring va suzib oling. Ertalab va kechasi ichasiz. Qaynatma achchiq bo‘lgani uchun asal qo‘shsangiz ham bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring