Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sanjar Mashriqiy

Xudodan so‘rab, bekor yotma! (arman xalq maqoli)

Ertaga Qozog‘iston va Qirg‘izistonda saylovlar bo‘lib o‘tadi. Ular haqida nimalarni bilish kerak?

Ertaga Qozog‘iston va Qirg‘izistonda saylovlar bo‘lib o‘tadi. Ular haqida nimalarni bilish kerak?

Foto:«Azattik»

10 yanvarga belgilangan Qozog‘iston parlament saylovlari Markaziy Osiyo siyosatida muhim rol o‘ynashi aytilmoqda. Hukmron «Nur Otan» partiyasi parlamentning quyi palatasi - Mojilisda o‘zining ustun mavqeini saqlab qolishga tayyor, muxolifat partiyalari ramziy yutuqlarga erishishi mumkin. Qozog‘istondagi saylovlar bilan bir kunda Qirg‘izistonda ham prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tadi. 

Qirg‘izistonda yangi prezident kim bo‘ladi?

Askar Akayevich Akayev - 1944 yil 10 noyabrda tug‘ilgan. 1990 yildan 2005 yilgacha Qirg‘iziston Respublikasi prezidenti bo‘lgan. 2005 yil martidagi «Lola inqilobi»da hokimiyatdan ag‘darilgan.

«Lola inqilobi» yoki «birinchi qirg‘iz inqilobi» Qirg‘iziston Prezidenti Askar Akayevni lavozimidan ag‘dargan revolyusiya sanaladi. Inqilob 2005 yil 27 fevral va 13 martdagi parlament saylovlaridan so‘ng boshlangan. Inqilobchilar Akayev, uning oilasi va tarafdorlarini korrupsiya va avtoritarizmda ayblashgan. Akayev Qozog‘istonga, so‘ngra Rossiyaga qochib ketgan. 

Ishenbay Dyushenbiyevich Kadirbekov 2005 yil 24 martidan 25 martiga qadar 1 kun davomida Qirg‘iziston Respublikasi prezidenti lavozimini bajaruvchisi bo‘lgan. 25 mart kuni lavozimni Kurmanbek Bakiyevga topshirgan.

Qurmanbek Bakiyev Saliyevich 2005 yil 25 martidan 14 avgustigacha Qirg‘iziston prezidenti vazifasini bajaruvchi, 2005 yil 14 avgustidan 2010 yil 7 apreligacha Qirg‘iziston prezidenti bo‘lgan. «Aprel inqilobi» sababli u ham mamlakatdan qochib ketgan.

Bakiyevdan so‘ng rahbarlikka kelgan Roza Otunbayeva Isakovna qirg‘izistonlik diplomat va siyosatchi, Markaziy Osiyoning birinchi ayol davlat rahbari bo‘ldi. 2010 yil 3 iyulda qasamyod qabul qildi. U ilgari tashqi ishlar vaziri va Qirg‘iziston sotsial-demokratik partiyasi parlament fraksiyasining rahbari bo‘lib ishlagan.

Sobiq prezidentning vatani bo‘lgan Jalolobodda Qurmanbek Bakiyevni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan shiddatli namoyishlar davom etar ekan, 2010 yil 19 mayda vaqtinchalik hukumat tomonidan saylovlar 2011 yilga qoldirilishi va Otunboyeva prezident etib tayinlangani e’lon qilindi. Qirg‘izistonning yangi konstitutsiyasi bo‘yicha o‘tkazilgan referendumdan so‘ng u 2010 yil 3 iyulda qasamyod qabul qildi. Ammo Otunboyeva yangi konstitutsiya bilan 2011 yilgi prezidentlik saylovlarida qatnashishni taqiqlagan. Uning vakolat muddati 2011 yil 31 dekabrda tugagan. Referendum 90 foizdan ko‘proq ovoz bilan qo‘llab-quvvatlandi.

2020 yil oktyabr oyida bo‘lib o‘tgan parlament saylovlaridan so‘ng butun mamlakat bo‘ylab norozilik namoyishlari boshlanib, amaldagi prezidentning iste’fosini talab qilindi. Qirg‘iziston parlament saylovlari davomida Jeenbekovga yaqin bo‘lgan bir nechta partiyalar ovoz sotib olganlikda ayblandi. 6 oktyabr, seshanba kuni erta tongda namoyishchilar Bishkek markazidagi Ala-Too maydoni ustidan nazoratni o‘z qo‘llariga olishdi, shuningdek, Oq uy va Oliy Kengash binolarini egallashdi. 6 oktyabrda norozilik namoyishlari fonida Markaziy saylov komissiyasi parlament saylovlari natijalarini bekor qildi. Jeenbekov davlat to‘ntarishiga duch kelganini da’vo qildi.

Prezidentning veb-saytida 8 oktyabr kuni e’lon qilingan murojaatida Jeenbekov: «Biz qonuniylik yo‘liga qaytganimizdan so‘ng, Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti lavozimini tark etishga tayyorman», deb e’lon qildi. Biroq o‘sha kuni, aksincha, barcha ko‘rsatmalarga qaramay, Jeenbekov Bishkekda favqulodda holat e’lon qildi va Qirg‘iziston armiyasini ko‘chalarga joylashtirishga buyruq berdi.

Jeyenbekov 2020 yil 15 oktyabrda iste’foga chiqdi.

Ertaga Qirg‘iziston respublikasida prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tadi. 2020 yil 14 noyabr holatiga ko‘ra 63 kishi nomzod bo‘lish uchun ariza topshirgan. 4 dekabrgacha o‘z nomzodlarini qo‘llab-quvvatlash uchun 30000 imzo to‘plashlari va ovoz berish uchun 11.830 AQSh dollari miqdoridagi to‘lovni to‘lashlari kerak edi. 4 dekabr kuni Saylov bo‘yicha Markaziy Qo‘mita tasdiqlangan 19 nomzodning yakuniy ro‘yxatini e’lon qildi.

Nomzodlar:

  • Aymen Kasenov
  • Babur Tolbayev
  • Adaxon Madumarov
  • Sadir Japarov
  • Ravshan Jeenbekov
  • Rashid Tagayev
  • Eldar Abakirov
  • Jenishbek Bayguttiyev
  • Arstanbek Abdildayev
  • Kursan Asanov
  • Baktibek Kalmamatov
  • Miktibek Arstanbek
  • Abdil Segizbayev
  • Ulukbek Kochkorov
  • Kuban Choroyev
  • Kanibek Imanaliyev
  • Imamidin Tashov
  • Klara Sooronkulova
  • Kanatbek Isayev

Xabarlarga ko‘ra, dekabr oyi oxirida «Gazprom Qirg‘iziston»ning «Oshgaz» filiali direktori Rashid Tagayev prezidentlik poygasidan chiqib ketgan. To‘rtta nomzod - Adaxon Madumarov, Klara Sooronqulova, Kanat Isayev va Kanybek Imanaliyev - 10 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan saylovlar ikkinchi bosqichga o‘tishi kerak bo‘lgan taqdirda bitta nomzod ortida birlashishga qaror qilishgan.

Qirg‘iziston Konstitutsiyasiga binoan nomzod g‘alaba qozonish uchun berilgan ovozlarning yarmidan ko‘pini olishi kerak; agar biron bir nomzod bu 50 foizli chegarani zabt eta olmasa, ikkinchi bosqichda eng yaxshi ovoz to‘plagan ikki da’vogar o‘zaro duch keladi. Shuni aytib o‘tish kerakki, Adaxon Madumarov, Klara Sooronqulova, Kanat Isayev va Kanibek Imanaliyevlar Japarov tarafdorlari emas.

Madumarov, shubhasiz, Japarovdan keyingi eng yaqin nomzod, deydi The Diplomat.  Sooronqulova prezidentlikka nomzodini qo‘ygan yagona ayol va Oliy sud konstitutsiyaviy palatasining sobiq sudyasi. Kanat Isayevning ham imkoniyatlari yomon baholanmaydi. U Qirg‘iziston partiyasining yetakchisi, 4 oktabr kuni bekor qilingan parlament saylovlarida parlament o‘rinlardan egallashga muvaffaq bo‘lgan to‘rt partiyadan biri. U 13 oktyabrda xuddi Japarov bosh vazir bo‘lganidek Qirg‘iziston parlamentining spikeri etib saylandi. 15 oktyabrda Prezident Sooronbay Jeenbekov iste’foga chiqqanda, Isayev spiker sifatida texnik jihatdan navbatda edi va prezident vazifasini bajaruvchiga aylanishi kerak edi. Ammo u bu lavozimga o‘tmadi.  Uning o‘rnini Japarov egalladi.

«The Diplomat»ma’lumotlariga ko‘ra, Markaziy saylov komissiyasi Qora-Suv tumanida yashovchilar Japarovga ovoz berish uchun qo‘rqitilayotgani haqidagi da’volar mavjud.

Qirg‘iziston prezidentlari amaldagi konstitutsiyaga binoan olti yillik muddatlarda ishlaydi, ammo referendum masalasi va konstitutsiyaning potensial qayta yozilishini hisobga olgan holda, kelajak juda noaniq. Undfan tashqari Qirg‘iziston prezidentlik borasada beqaror muhitga ega. Saylov natijalari yaqin kelajakda O‘zbekiston – Qirg‘iziston munosabatlariga katta ta’sir qilishi shubhasizdir.

Qozog‘iston: «Nur Otan»ni kim yengoladi?

Qozog‘istonda 2019 yil mart oyida Birinchi Prezident Nursulton Nazarboyev iste’foga chiqqandan keyin mamlakat hali ham siyosiy notinch vaziyatda, deb hisoblaydi mutaxassislar. Hokimiyatning o‘tish bosqichi Qozog‘iston milliy siyosati yo‘nalishi, Nazarboyevlar oilasining kelajagi va boshqa muhim iqtisodiy va siyosiy manfaatlar to‘g‘risida savollar tug‘dirdi, shuningdek, Nazarboyev tanlagan vorisi - Prezident Qosim-Jomart Tokayevning istiqbollari ham ayni parlament bilan uzviy bog‘liqligini unutmasligimiz kerak. Shu nuqtai nazardan, saylovlar o‘tish jarayonidagi yana bir bor muhimligini anglashimiz mumkin.

Yaqinlashib kelayotgan saylovlar yangi hukumatning tayinlanishiga turtki berishi mumkin - bu Tokayev davrida birinchisi bo‘ladi, deb yozdi Benjamin Godvin. Bosh vazir Asqar Mamin va «Samruk-Kazyna» milliy farovonlik jamg‘armasi raisi Axmetjan Yessimov kabi qator yuqori martabali siyosiy arboblar saylovlar uchun partiyalar ro‘yxatiga kiritilgan. Bu shuni ko‘rsatadiki, ular saylovdan keyin bir muncha vaqt o‘z vazifalarini tark etishlari mumkin, ehtimol majlis deputatlari olgan prokuratura daxlsizligidan foydalanish uchun o‘rinlarni egallab olishlari mumkin. «The Diplomat»nashri ma’lumotlariga asoslanadigan bo‘lsak, quyidagilar «Nur Otan» partiyasi nomidan ro‘yxatdan o‘tgan.

  • Asqar Mamin, bosh vazir;
  • Yerali Tug‘janov, bosh vazir o‘rinbosari;
  • Axmetjan Yessimov, Samruk-Kazyna Milliy farovonlik jamg‘armasi raisi;
  • Yerlan Koshanov, prezident ma’muriyati rahbari
  • Tamara Duysenova, prezidentning yordamchisi;
  • Berik Kamaliyev, sanoat va infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha vitse-vazir;
  • Bauyrjan Baibek, «Nur Otan» raisining birinchi o‘rinbosari;
  • Yuriy Julin, «Nur Otan» ijroiya boshqaruvi direktori o‘rinbosari.

Dastlab Tokayev Nazarboyevning asosiy sheriklari va oila a’zolari qurshovida edi. 2020 yil may oyida Nazarboyevning to‘ng‘ich qizi Dariga Nazarboyeva Senat spikeri lavozimidan ozod qilinib, joriy parlament saylovlarida «Nur Otan» partiyasidan parlament deputatligi uchun ko‘rsatildi.

«Nazarboyev «Nur Otan» partiyasi va to‘qqiz nafar deputatni tayinlaydigan konsultativ organ - Xalq yig‘ilishi orqali Majilisga kim kirishini nazorat qilishi hisobga olish zarur», - deydi Benjamin Godvin.

Yangi rivojlanish bosqichida qozoq parlamenti Markaziy Osiyo siyosatida jiddiy o‘zgarishlarga olib kelishi mumkin. «Nur Otan» partiyasining amaldagi hukumronligi va yangi saylovlarda sobiq elboshining qizi ishtirok etayotgani ham saylovlarga yanada o‘zgacha tus berishi kutilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring