Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bugun Osiyo Kubogi musobaqasiga start beriladi

Bugun Osiyo Kubogi musobaqasiga start beriladi

Bugun 5-yanvar kuni Birlashgan Arab Amirliklarida 17-Osiyo Kubogi musobaqasiga start beriladi.

Musobaqadan o‘rin olgan uchrashuvlar 4ta shaharda: Abu-Dabi, Dubay, Sharja va Al-Ayn shaharlarida bo‘lib o‘tadi. Tarixda birinchi marta turnirda 24ta terma jamoa ishtirok etadi.

Bugun Abu-Dabi shahridagi «Zayd Sport Siti» o‘yingohida musobaqaning ochilish uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Unda mezbon BAA terma jamoasi Bahraynga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 21:00da boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston musobaqadan o‘rin olgan dastlabki uchrashuvni 9 yanvar kuni Sharja shahrida Ummon terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

Qit’aning eng asosiy musobaqasi boshlanishi munosabati bilan «Xabar.uz» portalida maxsus rukn tashkil etildi. Shu rukn ostida Osiyo Kubogi bahslari natijalari, turnir doirasidagi xabar va tahlillar berib boriladi. Bizni kuzatib boring.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring