Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

1-fevraldan qog‘oz shaklidagi oylik yo‘l chiptalari sotuvga chiqarilmaydi

1-fevraldan qog‘oz shaklidagi oylik yo‘l chiptalari sotuvga chiqarilmaydi

2021-yil 1-fevraldan boshlab barcha turdagi (talaba, o‘quvchi, nafaqa hamda aholi uchun) mo‘ljallangan qog‘oz ko‘rinishidagi oylik yo‘l chiptalari sotuvga chiqarilmaydi. Bu haqda «Toshshahartransxizmat» AJ xabar berdi.

Shuningdek, 2021-yil 1-fevraldan boshlab imtiyozli elektron oylik yo‘l chiptalari uchun belgilangan kunlik tariflar faollashtiriladi.

Elektron oylik yo‘l chiptalarini birinchi bor xarid qilayotgan yo‘lovchilarning transport kartalarida 30 kunlik tarif avtomatik tarzda yoqiladi.

Xabarda ta’kidlanishicha, sotib olingan elektron oylik yo‘l chiptalaridagi tariflar birinchi to‘lovni amalga oshirgan kundan boshlab, tarifda belgilangan kunga qadar amal qilinadi.

Qo‘llanma: Barcha turdagi transport kartalari 3 yil muddat foydalanish uchun taqdim etiladi. Har oy yangi elektron oylik yo‘l chiptalari harid qilish lozim bo‘lmaydi. Faqatgina o‘zingizga qulay tariflarni yuklab olish kifoya bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring