Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

10-sinf o‘quvchisi sinfdoshining otasini 6,5 mln so‘mdan ko‘proqqa «tushirdi»

10-sinf o‘quvchisi sinfdoshining otasini 6,5 mln so‘mdan ko‘proqqa «tushirdi»

O‘zbekistonda bank kartalaridagi pullarni noqonuniy yechib olish holatlari ko‘paymoqda. IIV Kiberxavfsizlik markazi ma’lum qilishicha, shunday holatlardan biri Qashqadaryo viloyatida sodir bo‘ldi.

10-sinf o‘quvchisi birovning bank kartasidagi 6,5 mln so‘mdan ko‘proq pulni o‘zlashtirib oldi...

Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanida yashovchi M.T. (1980-y.t.) ichki ishlarga murojaat qilib, uning bank kartasidan jami 6 663 000 so‘m pul noma’lum shaxs tomonidan yechib olinganligini ma’lum qilgan.

Ko‘p o‘tmay o‘sha noma’lum shaxs fosh etildi — Yakkabog‘ tumanida yashovchi, maktabning 10-sinf o‘quvchisi Ch.F. (2005-y.t.) ekan.

Ch.F. — jabrlanuvchining qizi bilan sinfdosh. U sinfdoshining telefon raqamiga ulangan bank kartasi ma’lumotlarini yashirincha o‘zining mobil qurilmasiga o‘tkazib olib, pullarni yechib olgan.

Ch.F.ga nisbatan O‘zR. JKning 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilgan, deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring