Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

12 million italiyalikka kambag‘allik xavf solmoqda: ularning oyligi 842 yevrodan past

12 million italiyalikka kambag‘allik xavf solmoqda: ularning oyligi 842 yevrodan past

Foto: «Yandex.ru»

2018-yilgi ma’lumotga ko‘ra, Italiyaning 20,3 foiz aholisi, ya’ni qariyb 12 million kishiga kambag‘allik xavf solmoqda, deyiladi «Istat» milliy statistika xizmatida. Bu haqda «Regnum» xabar bergan.

Gap oylik daromadi 842 yevrodan past bo‘lgan fuqarolar haqida ketmoqda.

Mamlakatning 8,5 foiz (5 million atrofida) aholisi allaqachon kambag‘allikka mahkum bo‘lgan. Bu 2017-yil yakunlariga ko‘ra sal kamroq — o‘shanda bu ko‘rsatkich 10,1 foizni tashkil etgan.

Qizig‘i shundaki, 2019-yilda italiyalik oilalar Yangi yil sovg‘asiga o‘rtacha 221 yevrodan xarajat qilishadi. Bu oldingi yilga qaraganda 2 foiz ko‘p. Bu haqda iste’molchilar milliy assotsiatsiyasi ma’lum qilgan, deb yozadi «Regnum».

Yevropa Ittifoqida Yangi yil sovg‘asini sotib olish uchun har bir oila o‘rtacha 193 yevrodan sarflaydi. Bu Italiya bilan taqqoslaganda 15 foiz kam.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring