Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«13-dagi tug‘ilgan kun»: rus estaradasi yulduzlari o‘rtasida koronavirus qanday tarqagani haqida (video)

«13-dagi tug‘ilgan kun»: rus estaradasi yulduzlari o‘rtasida koronavirus qanday tarqagani haqida (video)

Foto: «Day.Az»

Taniqli bastakor Igor Krutoy singlisi Allaning tug‘ilgan kunini dabdabali nishonlab berdi. Yaqinda internetda tarqab ketgan quyidagi videoda kechaga kelgan «yulduz mehmonlar» hamma bilan quyuq salomlashib chiqqan Lev Leshchenkoda koronavirus borligidan bexabar ravishda virusni qanday tarqatayotganini ko‘rish mumkin.

Oradan bir necha kun o‘tib, 60 yoshli Igor Nikolayevda koronavirus aniqlangach, barchaning xayoliga birinchi bo‘lib Leshchenko kelgandi. Albatta bu hazil edi, ammo qanchalik achchiq bo‘lmasin, bu chinga o‘xshaydi.

Gap shundaki, Leshchenko Amerika gastrolidan qayta solib (belgilangan ikki haftalik karantinga rioya qilmay) Nikolayev va boshqa yulduzlar bilan yaqin muloqotda bo‘lgan. 13-mart kungi (tasodifni qarang) Alla Baratta (Krutaya)ning tug‘ilgan kunida rus shou-biznesining «eng qaymoqlari»ni ko‘rish mumkin edi: Lev Leshchenko, Nikolay Baskov, Oleg Gazmanov, Vladimir Vinokur (barchasi rafiqalari bilan), Irina Allegrova, Aleksandr Rozenbaum, Aleksandr Buynov, Lera Kudryavseva, Alsu, Valeriy Leontev, Aleksandr Serov, Ani Lorak, Aleksandr Revva, Dimash... Ko‘pchilik bo‘lib tadbirlar o‘tkazish hali taqiqlanmagani uchun, mehmonlar bamaylixotir, qo‘rqinchli oqibatlardan tashvishlanmay, o‘ynab-kulishgan. Hatto Baskov bilan Krutoy koronavirus mavzusida hazillashib, qanday ko‘rishish kerakligini oyoqlari bilan ko‘rsatib berishgan.

Ammo, kechada qatnashgan ikki kishi kasalxonaga tushib qolganidan keyin, aftidan, mashhurlar vaziyatning qanchalik jiddiyligini tushunib yetishdi.

Aytishlaricha, 78 yoshli Lev Valeryanovichning ahvoli o‘sha kuniyam uncha yaxshi bo‘lmagan.

«U juda charchaganga o‘xshab tuyulgandi. Samolyotda uchib kelgan-u Alkani tabriklashga shoshgan. Shunga yo‘ygandik», — deydi xonanda Aleksandr Serov.

Alla Krutayaning tug‘ilgan kuni o‘tib, koronavirusga chalingan Leshchenko Andrey Malaxovning tok-shousida ham qatnashadi. Suratga olish jarayonida taniqli artist bilan bir stol atrofida boshlovchi, shoira Larisa Rubalskaya, satirik Gennadiy Xazanov, teleboshlovchi Angelina Vovk hamda xonanda Arkadiy Ukupniklar o‘tirishgan. Ular hozir qay ahvoldaligini bilmaymiz. Faqat 74 yoshli Rubalskaya Leshchenko bilan uchrashuvdan so‘ng COVID-19 bo‘yicha test topshirgani va kasallanmagani aniq, xolos.

Eslatib o‘tamiz, Lev Leshchenko va xotini seshanbadan beri Moskvadagi kasalxonada koronavirusdan davolanishmoqda. Sal o‘tib xuddi shu kasalxonaga (Kommunarkadagi) Igor Nikolayevni ham yotqizishgan...

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring