Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘onalik boyning qizi bilan yozishgan 14 yoshli o‘quvchi qattiq kaltaklandi (video)

Farg‘onalik boyning qizi bilan yozishgan 14 yoshli o‘quvchi qattiq kaltaklandi (video)

Foto: Videolavhadan skrinshot

Jabrlanuvchi, 9-sinf o‘quvchisi Farg‘onadagi shoshilinch tibbiy yordamining neyrojarrohlik bo‘limiga yotqizilgan.  

Repost xabariga ko‘ra, 21 fevral kuni Farg‘onada mehmonxona, banket zali va alkogol mahsulotlari bilan savdo qiluvchi qator do‘konlari, restorani bor tadbirkor hamda uning 11-sinfda o‘qiydigan o‘g‘li 14 yoshli o‘quvchini qattiq kaltaklagan. Tadbirkor bunga qadar Jinoyat kodeksining 97- va 164-moddalari (qotillik, bosqinchilik) bilan sudlangan.

O‘quvchining kaltaklanishiga uning tadbirkorni qizi bilan yozishmalar orqali muloqot qilgani sabab bo‘lgan. Jabrlanuvchi Farg‘onadagi shoshilinch tibbiy yordamining neyrojarrohlik bo‘limida davolanayotgani aytiladi.

Holat yuzasidan ish ochilgan, biroq tergov jarayonlari hali boshlanmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring