Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

16 tup daraxtni kesganlar sud oldida javob beradigan bo‘ldi

16 tup daraxtni kesganlar sud oldida javob beradigan bo‘ldi

Toshkent shahrining Yashnobod tumani «Iltifot» mahallasi hududida quruvchi tashkilot tomonidan daraxtlar qonunga xilof ravishda kesib yuborilganligi holati yuzasidan Yashnobod tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 198-moddasi 3-qismi (Ekinzorlarni, o‘rmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa o‘simliklarni shikastlantirish yoxud nobud qilish) va boshqa moddalar bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati rahbari ma’lum qildi. 

Eslatib o‘tamiz, biroz oldin Ekoqo‘mita tabiatga yetkazilgan zarar miqdorini, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 3 mlrd 514 mln 200 ming so‘m deb baholagan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring