Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

18 ta mashinasi bor Toshkent viloyati hokimligi yana 2 ta yangisini sotib oldi

18 ta mashinasi bor Toshkent viloyati hokimligi yana 2 ta yangisini sotib oldi

Toshkent viloyati hokimligi ijtimoiy tarmoqlarda «Toshkent viloyati hokimligi xizmatda foydalanish uchun «Chevrolet Malibu» va «Tracker» avtomobillarini sotib oldi», kabi sarlavhali xabar yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

Unga ko‘ra, viloyat mahalliy budjetining 2021 yil II chorak yakuni bilan shakllangan daromadlar rejasining orttirib bajarilgan qismi hisobidan viloyat hokimligi tomonidan bir dona «Chevrolet Malibu» hamda «Tracker» rusumli xizmat avtotransport vositalarini xarid qilish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun 610 million so‘m ajratilgan.

Ma’lumot o‘rnida aytish mumkinki, bugungi kunda Toshkent viloyati hokimligi uchun Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida 18 ta xizmat mashinasi ajratilgan. Viloyat nisbatan katta va uning salmoqli qismi tog‘li hududlardan iborat bo‘lgani uchun mavjud avtotransport vositalarining 5 tasi muddatidan oldin texnik nosoz holga kelgan.

«Yuqoridagilardan kelib chiqib, viloyat hokimi o‘rinbosarlarining ish faoliyati samaradorligini oshirish, bevosita hududlarga chiqish bilan bog‘liq ishlarni unumli tashkillashtirish maqsadida, 369 million so‘mlik 1 dona «Chevrolet Malibu» hamda 232 million so‘mlik 1 dona «Tracker» xarid qilish bo‘yicha 6 sentyabr kuni tegishli shartnomalar imzolangan», — deya izoh beradi hokimlik matbuot xizmati.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring